O‘zbekiston | 08:18 / 14.08.2021
4199
1 daqiqa o‘qiladi

14 avgustda O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi 

Foto: KUN.UZ

14 avgustda kunduz kuni respublika hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Kunduz kungi harorat 28-33 daraja issiqqacha pasayadi. Respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid