Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondagi asosiy maqsadiga erishganini aytdi
AQSh Afg‘onistondagi asosiy maqsadiga erishdi, ya'ni 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlar tashkilotchilari tomonidan solingan xavfni bartaraf etdi. Bu haqda CNN telekanaliga AQSh davlat kotibi Entoni Blinken aytib o‘tdi.
“Afg‘onistonga kirishimizda oldimizda turgan shartlar hisobga olinsa, biz o‘z maqsadlarimizga erishdik”, deb ta'kidlab o‘tgan davlat kotibi.
Shu bilan birga, Blinken AQShning Afg‘onistondan ketishi Vetnam urushi yakunlanishiga qiyoslanayotganiga qo‘shilmasligini aytdi. U Afg‘onistonda harbiylar qoldirishdan ma'no yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
“Dunyodagi strategik raqiblarimiz nuqtayi nazaridan, ular bizni Afg‘onistonda yana 5, 10, 20 yil ko‘rishdan ko‘proq afsuslanadigan narsasi yo‘q”, deb aytgan AQSh davlat kotibi.
Blinkenning ta'kidlashicha, Afg‘oniston hukumat qo‘shinlariga katta mablag‘ ajratilgani va ular tayyorgarlikdan o‘tkazilganiga qaramay, o‘z mamlakatini saqlab qololmadi. U “Tolibon”ning mamlakatda ilgarilashi kutilgandan tezroq yuz berganini qo‘shimcha qilgan.
Davlat kotibi toliblar AQShning Afg‘onistondagi xodimlarining evakuatsiya qilinishi jarayoniga aralashsa, ular tez va qat'iy javob olishidan ogohlantirgan. Blinken evakuatsiya bilan bog‘liq holda toliblardan hech narsa so‘ralmaganini aytgan.
Avvalroq The New York Times nashri AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod “Tolibon”ni Kobuldan amerikalik fuqarolar va boshqa shaxslar evakuatsiya qilinmagunigacha, shaharga kirmaslikka chaqirganini ma'lum qilgan.
AQSh va NATO harbiylari Afg‘onistonda 2001 yildan beri qolib kelayotgandi. 2021 yil may oyida mamlakatdan barcha amerikalik va xorijiy harbiylar olib chiqilishi boshlandi. Buning ortida “Tolibon” harakati faollashib, bu oxir-oqibat toliblarning Afg‘onistondagi hokimiyatni egallashi bilan yakunlandi.
Mavzuga oid
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026