Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi
Moskvaga davolanish uchun olib borilgan muftiy Usmonxon Alimov og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadagi manbalar bu ma'lumotni Kun.uz'ga tasdiqladi.
Hozirda muftiy tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyatida dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiyning salomatligi to‘g‘risida internetda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirib, Usmonxon Alimov salomatligini yaxshilash uchun Moskvada davolanish muolajalarini olayotganini bildirgan edi.
Jamoatchilikni asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirgan idora muftiyning salomatligi barqaror ekanligini bildirgandi.
Oradan bir hafta o‘tib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimov Moskvada o‘pka-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tayotgani va malakali shifokorlar barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirayotgani haqida bayonot berdi.
Usmonxon Alimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982—1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989—1990 yillarda esa Marokashning «Karaviyn» dorilfununida tahsil olgan.
Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980—1982 yillarda imom-noib, 1987—1989 yillarda, so‘ngra yana 1990—2006 yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.
2000—2006 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi sifatida ishlagan. 2006 yildan to hozirga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38
-
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
Fan-texnika | 22:14
Mavzuga oid

19:21 / 16.08.2021
Ishtixonda muftiy Usmonxon Alimovning janoza namozi o‘qildi

14:11 / 16.08.2021
Prezident muftiy oilasiga ta'ziya bildirdi

20:29 / 15.08.2021
Prezident Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

14:04 / 12.08.2021