Qayd etilişiça, Moskva şahrida joylaşgan klinikalardan birida davolayotgan Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov öpka va qon-tomir kasalliklari, xususan öpka pnevmoniyasi böyiça muolajalar olmoqda.
«Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolaş tadbirlari tajribali şifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilğor yutuqlarini qöllagan holda davom ettirilmoqda», deyiladi ma'lumotda.
Joriy yil iyul oyi oxirlarida muftiy Usmonxon Alimov Moskva şahrida öpka-qon tomir kasalliklari muolajasini ötayotgani xabar berilgandi.
Undan oldin, Usmonxon Alimovning salomatligi töğrisida internetda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirilgandi. Özbekiston musulmonlari idorasi Kun.uz’ga muftiy Usmonxon Alimov salomatligini yaxşilaş uçun navbatdagi davolaniş muolajalarini olayotganini ma'lum qilgandi.












