07:15 / 16.08.2021
3103

Navoiyda “Labo” va yuk mashinasi to‘qnashuvida haydovchi vafot etdi

Navoiy shahri hududida inson o‘limi bilan bog‘liq mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YXHB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, voqea 2021 yilning 13 avgust kuni soat 17:20lar atrofida sodir bo‘lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro “Labo” mashinasini “Navoiy-Qarnab” yo‘nalishida boshqarib borayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va “Foton” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda "Labo" haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Oldinroq Nurota tumanida “Nexia” mashinasi harakat vaqtida ag‘darilib ketishi oqibatida unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top