Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda “Nexia” ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchi vafot etdi
Nurota tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YXHBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 iyul kuni soat 16:20 larda haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan B.P. “Nexia” mashinasida Nurota tumani, Qadoq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-55 avtomobil yo‘lining 76-kilometrida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida “Nexia” yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Mashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan, 1982 yilda tug‘ilgan X.K. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Qiziltepa tumani hududida 3 kishining o‘limi bilan yakun topgan ayanchli avtohalokat sodir bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026