Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti quladi
Kecha, 15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Afg‘oniston harbiy havo kuchlari belgilariga ega samolyot noma'lum sabablarga ko‘ra qulab tushdi.

Foto: Topnewsuz / Telegram
Internetda tarqalgan foto va videolarda halokatga uchragan samolyot bo‘laklari va kamida bir nafar jabrlanuvchini ko‘rish mumkin.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Kun.uz savoliga javoban ayni paytda vazirlik vakillari voqea joyida o‘rganishlar olib borayotgani va tez orada bu haqda aniq ma'lumot berilishini ma'lum qildi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatidan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Gazeta.uz'ning Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afg‘onistonlik harbiy Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialiga yotqizilganini ma'lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, bunga qadar Afg‘onistonning yana uch harbiysi bu muassasaga yotqizilgan. Bu uch harbiy avvalroq Tashqi ishlar vazirligi bayonotida tibbiy yordam so‘ragani aytilgan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Nashr manbasi RShTYoIM Termiz filialida davolanayotgan besh nafar afg‘onistonlik askarning salomatligi holati o‘rtacha ekanini bildirgan.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotdagilar parashyut bilan sakrashga ulgurgan bo‘lishlari mumkin. Qurbonlar bor-yo‘qligi hozircha noma'lum.
Gazeta.uz, shuningdek, o‘zbekistonlik bir nafar harbiy ham kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan. Bu Afg‘oniston samolyotining qulashi bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi noma'lum.
Daryo.uz'ga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakili nashr muxbiri bilan suhbatda Sherobodga Afg‘oniston samolyoti qulaganini qisman tasdiqlagan.
“Ko‘zim bilan ko‘rganim yo‘q, ammo samolyot bor deyishdi. [...] Toshkentdan yetib kelgan 25 nafar ekspert samolyot qulashi bilan bog‘liq hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritadi. Shundan keyin samolyot qanday qulagani bo‘yicha ma'lumot bera olamiz”, – degan boshqarma vakili.
Kecha internetda Termiz osmonida o‘nlab xarbiy vertolyotlar tinimsiz uchib yurgani haqida video tarqalgandi.
O‘zAning xabar berishicha, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov 15 avgust kuni Termiz shahrining Afg‘oniston bilan chegaradosh Pattakesar, Nurli kelajak hamda A.Jomiy mahallalarida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashgan va “hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q”ligini aytgan.
Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat barqaror. Ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etdi. Bunga faol siyosiy va diplomatik sa'y-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi”, – degan To‘ra Bobolov.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
Jamiyat | 13:22
-
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi
Jahon | 13:18
-
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat
O‘zbekiston | 13:14
-
Yamanga hujum, Ilon Maskka qarshi namoyishlar va armiya Bosh shtabi rahbarini almashtirgan Ukraina - kun dayjesti
Jahon | 13:14
Mavzuga oid

20:52 / 14.03.2025
Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali qurilishi USAID tomonidan moliyalashtirilgan – OAV

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

18:53 / 05.03.2025