2021 yilning 14 avgust kuni Afğoniston bilan Davlat çegarasining bölinmalaridan birida Afğoniston qurolli kuçlarining harbiy xizmatçilaridan iborat 84 kişilik guruh davlat çegarasini kesib ötdi va DXX Çegara qöşinlari çegara otryadlari tomonidan qölga olindi. Çegarani buzganlar qarşilik körsatmagan va kömakka muhtojligini bildirgan, jumladan, 3 nafar yaralangan şaxsga tibbiy yordam söragan.

Afğonistonning mazkur fuqarolari bilan zarur tekşiruv-filtrlaş jarayonlari va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari ötkazildi, ularning ayrimlariga tibbiy yordam körsatildi, şuningdek, oziq-ovqat va ularning vaqtinça joylaşişi taşkil etildi.

Şu bilan birga, Termiz-Hayraton köprigining Afğoniston qismida Afğoniston hukumat kuçlarining harbiy xizmatçilari töplangani qayd etildi. Bu şaxslarga insonparvarlik yordami körsatiş çoralari körilmoqda.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Afğoniston fuqarolarining vataniga qaytişi va Termiz-Hayraton köprigi hududidagi vaziyatni tartibga soliş borasida Afğoniston tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bundan taşqari, 14 avgust kun davomida «Termiz-Mozori-Şarif» temir yöl uçastkasida xizmat körsatuvçi Özbekiston Respublikasi fuqarolarini vatanga qaytariş taşkil etildi.

Ta'kidlaşiça, davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qiliş kuçaytirilgan tartibda olib borilmoqda, barça zarur xavfsizlik çoralari körilgan. Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor ştab joylaştirilgan.

Avvalroq, «Tolibon» harakati 14 avgust kuni Termizdan 58 km janubdagi Mozori-Şarif şahrini egallagani ma'lum qilingandi.