Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Rossiyaning Kobuldagi elchixonasini qo‘riqlashni boshladi
Zamir Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Kobuldagi vaziyat mutlaqo tinch.
“Tolibon” Rossiyaning Kobuldagi elchixonasini qo‘riqlashni boshladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma'lum qildi.
“Ular Rossiya elchixonasining tashqi perimetrini qo‘riqlashni boshladi”, – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ertaga elchi ular bilan elchixonani uzoqroq muddatga qo‘riqlash masalasini muhokama qiladi.
Kobuldagi vaziyat mutlaqo tinch, dedi Kabulov.
“Umuman olganda vaziyat hayron qolarli tarzda tinch. Bugun toliblarning asosiy kuchlari Kobulga xotirjam kirib keldi. Bunga qadar yuqori rahbariyat toliblarni aholiga tegmaslik, uylarga kirmaslik, tartibga rioya qilish haqida ogohlantirgan”, – dedi u.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
10:50 / 12.06.2026