O‘zbekiston | 11:39 / 21.08.2021
11100
3 daqiqa o‘qiladi

8 nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi

Yana 8 nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarishlar ularning vakolati muddati davriga sudyalik lavozimiga qayta tayinlangani bilan bog‘liq.

Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:

Fazliddin Yodgorov sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Vitaliy Li sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Mansur Ergashev sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Sherali Tog‘ayev sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Umidjon Raupov sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Sohiba Zayniyeva sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Akmal Bobonazarov sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo ma'muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Azizjon Rahimov sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat ma'muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Mavzuga oid