Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi
Foto: KUN.UZ
Bu hafta O‘zbekiston hududida avgust oyining oxirgi o‘n kunligiga xos bo‘lgan asosan kam bulutli issiq ob-havo, kuchsiz, ba'zi joylarda biroz esadigan shamollar ustunlik qiladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 23-24 avgust kunlari Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida momaqaldiroq kuzatilishi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Haftaning birinchi yarmida respublika hududida me'yordan 2-3 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi va faqat haftaning ikkinchi yarmida harorat foni asta-sekin pasayishni boshlaydi.
Hafta davomida harorat kechalari 17-22 daraja iliq, 23-26 avgustda kunduz kunlari 33-38 daraja issiq, 27-28 avgustda 31-36 daraja issiq atrofida bo‘ladi.