O‘zbekiston | 08:07 / 24.08.2021
3599
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-38 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid