O‘zbekiston | 16:10 / 24.08.2021
9088
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Huawei: Sanoat tarmoqlarini raqamlashtirish

Raqamli sanoatlashtirish bugungi kunga kelib davlatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylandi. 2019 yilda sanoatni raqamlashtirish jahon raqamli iqtisodiyotining 84,3 foizini va jahon yalpi ichki mahsulotining 35 foizini tashkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoatni raqamlashtirish raqamli iqtisodiyotning 86,3 foizini tashkil qildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ulush 78,6 foizni tashkil etdi. Rivojlangan davlatlar aloqa va dasturiy ta'minot sohasidagi eng kuchli vakillar bo‘lib, ular elektron tijorat va ilg‘or ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni eng birinchilardan bo‘lib boshlab bergan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Raqamli industrializatsiya tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi toifalarga ajratilishi mumkin. Faoliyat turiga ko‘ra biz ularni qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ajratishimiz mumkin. Dunyoda, xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli transformatsiya boshqa ikki sektorga qaraganda tezroq sur'atlarda ro‘y bermoqda (quyidagi rasmga qarang).

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi raqamli transformatsiyasi

Bu, asosan, har bir sektorning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli transformatsiya ishlab chiqarishga qaraganda osonroq amalga oshiriladi, chunki xizmat ko‘rsatish sohasida doimiy xarajatlar kamroq, tranzaksiya xarajatlari esa yuqori. Qishloq xo‘jaligida raqamli transformatsiyani amalga oshirishda to‘siqlar ko‘proq bo‘ladi, chunki bu sohadagi ishlab chiqarish katta darajada atrof-muhit va tabiiy omillarning ta'siriga bog‘liq.

Rivojlangan mamlakatlarda ko‘pincha raqamlashtirish va o‘sish ko‘rsatkichlari har uchala sektorda ham deyarli bir xil muvozanatda ortib boradi. Ular odatda yangiliklarni birinchilardan bo‘lib joriy etish borasida ustunlikka ega bo‘ladilar va ularda sanoatni raqamlashtirish uchun mustahkam asos bor. Bu mamlakatlarda tarmoqlarning ko‘pchiligi raqamli texnologiyalardan foydalanadi, ularning aloqa tarmoqlariga ulanish foizlari borgan sari ortib bormoqda va ular aqlli texnologiyalar bilan nisbatan ko‘proq ta'minlangan.

IDC prognozlariga ko‘ra, 2022 yilga borib jahon yalpi ichki mahsulotining 65 foizi raqamlashtiriladi. 2020 yildan 2023 yilgacha raqamli transformatsiyaga kiritiladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar 6,8 trln dollarni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda korxonalarning raqamli transformatsiyaning 1.0 modelidan 2.0 modeliga o‘tishi kuzatilmoqda.

Bulutli hisoblash, katta ma'lumotlar, mobillik va ijtimoiy tarmoq texnologiyalari 2007 yildan buyon katta qiziqish uyg‘otmoqda va korxonalar bu axborot texnologiyalaridan vaqti-vaqti bilan innovatsiyalar kiritish uchun foydalanmoqdalar. Bu davr 1.0 raqamli transformatsiya davri bo‘ldi.

Endilikda biz raqamli transformatsiya yirik innovatsiyalarni amalga oshirishga yordam berish bilan korxonalar uchun juda katta qiymatliklar yaratadi deb hisoblaymiz. Endi korxonalarga ularning innovatsiyalarini sezilarli darajada rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan sun'iy intellekt, IoT (Internet of things) va blokcheyn kabi yangi texnologiyalar kerak. Bu esa 2.0 raqamli transformatsiya davri bo‘ladi.

IDC kompaniyasi korxonalarda 2.0 raqamli transformatsiyaga erishish uchun to‘qqizta yo‘nalishda to‘g‘ri sharoitlar yaratilishi kerakligini aniqladi. Bu yo‘nalishlar raqamli infratuzilmaning kelajagi, ishonch, intellekt, mijozlar va iste'molchilar, ishlar, operatsiyalar, o‘zaro aloqalar, raqamli innovatsiyalar va sanoat tarmoqlari bilan bog‘liq (2-rasm).

Korxonalardagi raqamli transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlari, 2020 yil

Raqamli transformatsiya – bu besh bosqichdan iborat, uzoq davom etadigan jarayon: pilot, mahalliy kengayish, replikatsiya, operatsiyalarni boshqarish, optimallashtirish va innovatsiya. Raqamli transformatsiyani boshlagan barcha korxonalarning 70 foizdan ortig‘i hozirda “mahalliy kengayish” va “replikatsiya” bosqichida, faqat 3,9 foiz korxonalargina “optimallashtirish va innovatsiya” bosqichiga yetdi. Yirik korxonalarda to‘liq raqamlashtirishga erishish uchun kamida 10 yil kerak bo‘ladi.

Huawei – AKT texnologiyalarining yetakchi ta'minotchisi va raqamli transformatsiyaning faol ishtirokchisidir. Biz o‘z mijozlarimizga taklif qiladigan mahsulotlarni o‘zimizda sinab ko‘ramiz. Shuning uchun, biz ichki operatsiyalarimizni o‘zgartirishni 2016 yildayoq boshlagan edik.

Transformatsiya jarayonlarida bir nechta muhim bosqichlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, xususan:

1. Raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirish beshta sohadagi o‘zgarishlarni talab qildi:

  • Xabardorlik: biz qanday ishlayotganimiz ikkita omil bilan belgilanadi: biznes va texnologiya. Biz biznes ehtiyojlariga e'tibor qaratishimiz, bu ehtiyojlarni real vaqt rejimida his etishimiz va ularga mos ravishda mijozlarimiz va foydalanuvchilarimiz uchun qiymat yaratish maqsadida tezkor ravishda kerakli choralarni qabul qilishimiz kerak.
  • Madaniyat: platformalar yaratish va resurslardan birgalikda foydalanish raqamli transformatsiyaga olib boruvchi asosiy yo‘ldir, shu sababli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun madaniyatni o‘zgarishlarga moslashtirish juda muhim.
  • Tashkilot: integratsiyalashgan jamoalar yagona raqamli platforma asosida raqamlashtirish dasturlarini joriy etish uchun biznes va IT bo‘limi xodimlarini o‘zida birlashtirishi kerak.
  • Metodologiya: raqamlashtirish yo‘lida mustahkam poydevor qo‘yish uchun raqamli obektlar, jarayonlar va qoidalarga o‘tish hamda foydalanish variantlarini, yechimlarni boyitish va muqobillashtirishda davom etish zarur.
  • Model: biznes, operatsion va boshqaruv modellarini raqamlashtirish maqsadlariga moslashtirish kerak.

2. Biz o‘zimizning raqamli transformatsiya strategiyamizni ilgari surish va tarmoqqa to‘liq ulangan, aqlli Huawei'ni yaratish ustida ish olib borayotib, uchta asosiy yo‘nalishga e'tibor qaratamiz. Bu boradagi muvaffaqiyatlar mijozlarni yanada mamnun qiladi, kompaniyaning esa samaradorligi va unumdorligini oshiradi.

  • Foydalanuvchilarga e'tibor qaratish va o‘z tajribasini olti turdagi foydalanuvchilarga uzatish: mijozlar, iste'molchilar, hamkorlar, ishlab chiquvchilar, yetkazib beruvchilar va xodimlar.
  • Biznesga e'tibor qaratish – biz 200 dan ortiq turli xil ssenariylarda murakkab biznes arxitekturasini qo‘llab-quvvatlay oladigan (biznes guruhlari, funksional yunitlar va departamentlararo o‘zaro aloqalarni qamrab oluvchi) ilovalar va uskunalar ishlab chiqish orqali biznes va IT bo‘limlarini birlashtirishga yordam beramiz.

Biz ichki raqamli platformani yaratish uchun Intelligent Twins arxitekturasidan foydalanmoqdamiz. Huawei bulutli xizmatlari innovatsion dasturiy va apparat mahsulotlariga asoslangan ushbu platformaning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Platforma korxona va tashkilotlarning umumiy imkoniyatlarini kengaytirish va turli xil ssenariylarda resurslardan moslashuvchan foydalanish va ularni almashish orqali raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

3. Raqamli transformatsiyaning barcha dasturlari ayni bir maqsadga ega bo‘lishi kerak: yaxshi tajriba, yuqori samaradorlik va biznes o‘sishi uchun yangi modellarni taqdim etish orqali korxonalarning asosiy biznesining muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlash.

Foydalanuvchilar tajribasi nuqtayi nazaridan, Huawei kompaniyasining mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aqlli xizmatlari ajoyib natijalarga erishdi. Bizning tizim har daqiqada 4000 tagacha mijozlarning qo‘ng‘iroqlarini qayta ishlay oladi va har oy 6 milliondan ortiq foydalanuvchi so‘rovlariga javob bera oladi. 92,8 foiz so‘rovlar robotlar tomonidan qayta ishlanadi.

Huawei, shuningdek, shartnomalarni ham aqlli boshqara oladi. Tizimlar bir daqiqada shartnoma tuzishning muqobil loyihasini tuzishga, dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlari uchun 90 dan ortiq turdagi shartnoma bandlarini tahlil qilishga va 50 000 dan ortiq tijorat xavflari to‘g‘risida aqlli eslatmalar taqdim etishga yordam beradi. 

Bu sanoatni raqamlashtirishning foydalanish va keng miqyosda tatbiq etish mumkin bo‘lgan amaliy namunalaridan biridir.

Ilya Levchuk,
Huawei Yevrosiyo strategik marketing departamenti direktorining o‘rinbosari

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid