Raqamli sanoatlaştiriş bugungi kunga kelib davlatlar iqtisodiyotining rivojlanişidagi asosiy harakatlantiruvçi kuçga aylandi. 2019 yilda sanoatni raqamlaştiriş jahon raqamli iqtisodiyotining 84,3 foizini va jahon yalpi içki mahsulotining 35 foizini taşkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoatni raqamlaştiriş raqamli iqtisodiyotning 86,3 foizini taşkil qildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu uluş 78,6 foizni taşkil etdi. Rivojlangan davlatlar aloqa va dasturiy ta'minot sohasidagi eng kuçli vakillar bölib, ular elektron tijorat va ilğor işlab çiqariş bilan şuğullanişni eng birinçilardan bölib boşlab bergan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Raqamli industrializatsiya tarmoqlar böyiça taqsimlanişi va birlamçi, ikkilamçi va uçlamçi toifalarga ajratilişi mumkin. Faoliyat turiga köra biz ularni qişloq xöjaligi, işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalariga ajratişimiz mumkin. Dunyoda, xizmat körsatiş sohasida raqamli transformatsiya boşqa ikki sektorga qaraganda tezroq sur'atlarda röy bermoqda (quyidagi rasmga qarang).

Bu, asosan, har bir sektorning öziga xos xususiyatlariga boğliq. Xizmat körsatiş sohasida raqamli transformatsiya işlab çiqarişga qaraganda osonroq amalga oşiriladi, çunki xizmat körsatiş sohasida doimiy xarajatlar kamroq, tranzaksiya xarajatlari esa yuqori. Qişloq xöjaligida raqamli transformatsiyani amalga oşirişda tösiqlar köproq böladi, çunki bu sohadagi işlab çiqariş katta darajada atrof-muhit va tabiiy omillarning ta'siriga boğliq.
Rivojlangan mamlakatlarda köpinça raqamlaştiriş va ösiş körsatkiçlari har uçala sektorda ham deyarli bir xil muvozanatda ortib boradi. Ular odatda yangiliklarni birinçilardan bölib joriy etiş borasida ustunlikka ega böladilar va ularda sanoatni raqamlaştiriş uçun mustahkam asos bor. Bu mamlakatlarda tarmoqlarning köpçiligi raqamli texnologiyalardan foydalanadi, ularning aloqa tarmoqlariga ulaniş foizlari borgan sari ortib bormoqda va ular aqlli texnologiyalar bilan nisbatan köproq ta'minlangan.
IDC prognozlariga köra, 2022 yilga borib jahon yalpi içki mahsulotining 65 foizi raqamlaştiriladi. 2020 yildan 2023 yilgaça raqamli transformatsiyaga kiritiladigan töğridan töğri investitsiyalar 6,8 trln dollarni taşkil etadi.
Hozirgi vaqtda korxonalarning raqamli transformatsiyaning 1.0 modelidan 2.0 modeliga ötişi kuzatilmoqda.
Bulutli hisoblaş, katta ma'lumotlar, mobillik va ijtimoiy tarmoq texnologiyalari 2007 yildan buyon katta qiziqiş uyğotmoqda va korxonalar bu axborot texnologiyalaridan vaqti-vaqti bilan innovatsiyalar kiritiş uçun foydalanmoqdalar. Bu davr 1.0 raqamli transformatsiya davri böldi.


















