Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amrulla Solih Afg‘oniston hukumatining tanazzulga uchrashida AQShni aybladi
Solihning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki yil davomida Afg‘oniston hukumati AQSh tomonidan kuchli bosimga duch kelgan.
Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih Afg‘oniston hukumatining tanazzulga uchrashida AQShni aybladi. U bu haqda CNN-News18 telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
«Toliblar hech qachon bosimga uchramagan. Ular Pokistondan qo‘llab-quvvatlov bazasi sifatida foydalandi. AQSh toliblarni sotib olish uchun Pokiston bilan hamkorlikni kuchaytirdi. Ular qancha ko‘p pul bergani sari pokistonliklar toliblarga shuncha ko‘p yordam berdi», — dedi Solih.
Uning fikricha, Qatar poytaxti Do‘hadagi muzokaralarda «so‘zida turmagan toliblar qonuniylashtirildi».
Solihning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki yil davomida Afg‘oniston hukumati AQSh tomonidan kuchli bosimga duch kelgan.
«Ular bizni shantaj qildi va yoki mahbus toliblarni ozod qilasizlar yoki sizlarga beriladigan yordamni qisqartiramiz deyishdi», — dedi u.
15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonda hukumatni egalladi. Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. Vitse-prezident Amrulla Solih o‘zini mamlakat prezidenti deb e'lon qildi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026