Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:07 / 25.08.2021
2307
1 daqiqa o‘qiladi
Bugun O‘zbekistonda kam bulutli, issiq ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda kam bulutli, issiq ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-38 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35-37 daraja issiqni tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish