Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda kam bulutli, issiq ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda kam bulutli, issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarda havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda va ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, haroratning maksimal qiymatlari 33-38 daraja issiq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28 daraja issiq bo‘ladi.