Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda bir vaqtning o‘zida 15 ta osmono‘par bino buzib tashlandi
Foto: Videodan kadr
Xitoy janubidagi Kunmin shahrida bir vaqtning o‘zida qurilishi tugallanmagan 15 ta osmono‘par bino buzib tashlandi. Bu haqda The Paper nashri xabar berdi.
Binolar 27 avgustda mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da buzib tashlangan. Quruvchi tashkilot binolar qurilishini 7 yil davomida yakunlay olmagani sababli ularni buzib tashlashga qaror qilingan.
Binolar portlatish yo‘li bilan buzilgan, buning uchun 4 kun tayyorgarlik ko‘rilgan. Bundan oldin yaqin atrofdagi do‘konlar yopilgan, odamlar binolardan evakuatsiya qilingan va yo‘llar to‘silgan.
Buzish ishlari olib borilgan hududda tibbiy xodimlar, politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar navbatchilik qilgan.
Mavzuga oid
14:25 / 24.12.2025
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025