Jahon | 17:01 / 28.08.2021
55488
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonni «amir ul-mo‘minin» boshqaradi - OAV

«Tolibon» «inklyuziv hukumat» shakllantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Al Jazeera harakatdagi manbalariga tayanib. 

Manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat tarkibiga mamlakatda yashovchi barcha millat va qabilalar rahbarlari kiradi.

O‘tish hukumatining davomiyligi hozircha noaniq.

Afg‘oniston Islom Amirligini «amir ul-mo‘minin» boshqaradi.

Kelajakdagi hukumat shakli va vazirlar tayinlashni belgilash uchun oliy boshqaruv kengashi chaqirildi.

Asosiy vazirliklar adliya, ichki xavfsizlik, mudofaa, tashqi ishlar, moliya, axborot va Kobul ishlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Ayollarga avvalgi hukumat davrida bo‘lgani kabi turli hukumat idoralarida, asosan sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalarida ishlashga ruxsat beriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun maxsus sudlar tuziladi.

Tovarlarni mamlakatga kirish joyidan belgilangan joyga olib borishgacha yagona tarif joriy etiladi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumat tarkibiga sobiq prezident Hamid Karzay va milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdullani kiritishni talab qilmoqda.

Avvalroq toliblar Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid