Jahon | 23:40 / 30.08.2021
9066
2 daqiqa o‘qiladi

JARda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Foto: Gallo Images/ Alet Pretorius

Janubiy Afrika Respublikasi olimlarining ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirusning mutatsiya qilish darajasi yuqori bo‘lgan yangi shtammi aylanib yuribdi. Bu haqda Eyewitness (EWN) portali xabar berdi.

Yuqumli kasalliklar milliy instituti mutaxassislari ushbu shtammni S.1.2 deb atashgan. U ilk bor joriy may oyida qayd qilingan.

Ta'kidlanishicha, JAR sog‘liqni saqlash vazirligi yangi shtamm haqida JSSTni ogohlantirgan. Olimlar virusning yangi turi yuqori agressivlikka va vaksinalarga yuqori bardoshlikka ega bo‘lishi mumkinligini aytishgan. U 2021 yil yanvarda JARda aniqlangan S.1.2 shtammining mutatsiyasi hisoblanadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi shtamm bilan kasallanish holatlari Kongo Demokratik Respublikasi, Xitoy, Yangi Zelandiya, Britaniya, Portugaliya, Shveytsariya va Mavrikiyda qayd qilingan.

Avvalroq Britaniyaning Bat va Edinburg universiteti olimlari koronavirus deyarli har hafta mutatsiya qilayotganini aniqlashgan. Bungacha virus ikki haftada bir marta mutatsiya qiladi, deb hisoblab kelinayotgandi.

Mavzuga oid