Jahon | 14:10 / 30.08.2021
17079
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Panjsher viloyatini internetdan uzib qo‘ydi

Taxminlarga ko‘ra, sobiq vitse-prezident Amrulla Solih Twitter sahifasiga xabarlar joylay olmasligi uchun Panjsher vodiysi internetdan mahrum qilingan.

Foto: Torsten Pursche/Shutterstock/FOTODOM

«Tolibon» harakati Panjsher viloyatini internet tarmog‘idan uzib qo‘ydi, deb xabar berdi Raha Press agentligi.

Qayd etilishicha, viloyatda «SIM» va «Etisalat» kompaniyalarining SIM-kartalari ishlamay qolgan. Taxminlarga ko‘ra, sobiq vitse-prezident Amrulla Solih Twitter sahifasiga xabarlar joylay olmasligi uchun Panjsher vodiysi internetdan mahrum qilingan.

Solih avvalroq o‘z Twitter sahifasida «ID-Xuroson», «Tolibon» va «Haqqoniy tarmog‘i» o‘rtasida aloqalar borligini isbotlovchi dalillar mavjudligini yozgandi. Shuningdek, Solih toliblarning Kobul aeroporti oldidagi terakt ijrochilari bilan aloqadorligini yozgan.

TASS suhbatdoshi mobil internet qisman bloklangani, mintaqa umummilliy telekommunikatsiya tarmog‘idan uzib qo‘yilganini aytgan.

15 avgust kuni toliblar Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi. 

Hozirda Panjsher toliblar kirmagan yagona hudud bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid