O‘zbekiston | 10:20 / 31.08.2021
10415
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Qatorasiga ikkinchi kun kunlik holatlar soni 800dan kam bo‘lmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 755 kishida koronavirus, 201 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 10 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 30 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 156394 (+755) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 83 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 31 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 22 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 13 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 65 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 23 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 79 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 22 nafari Xorazm viloyatida,
  • 95 nafari Toshkent viloyatida,
  • 254 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qatorasiga ikkinchi kun koronavirusga chalinish bilan bog‘liq kunlik holatlar soni 800dan past bo‘lmoqda.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 73 nafar,
  • Buxoro viloyatida 15 nafar,
  • Jizzax viloyatida 22 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Samarqand viloyatida 76 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 98 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 26 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 68 nafar,
  • Xorazm viloyatida 32 nafar,
  • Toshkent viloyatida 119 nafar,
  • Toshkent shahrida 127 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 148590 (+687) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 7 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1082 nafarni tashkil qilmoqda.

30 avgust kuni 201 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 23665 nafarga yetdi. Bu 7 iyuldan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. So‘nggi bir kunda bemorlarning 282 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 16270 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 171 nafarga yetdi.

Mavzuga oid