Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Qandahorni AQShning Black Hawk vertolyotlarida patrul qilmoqda
“Tolibon” harakati Qandahor shahrini AQShning Black Hawk UH-60 vertolyotlarida patrul qilishni boshladi.
Internetda Qandahor ustidan AQSh harbiy vertolyoti uchib yurgan videolar tarqaldi. Bunday roliklarning birida vertolyotga tros bilan osib qo‘yilgan odamni ko‘rish mumkin.
The Independent nashrining ta'kidlashicha, videolarda aynan Black Hawk UH-60 vertolyotlari aks etgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, toliblar AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilishi vaqtida tashlab ketilgan bunday vertolyotlarning ko‘pini qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin. Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashington Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqqandan keyin u yerda bir necha milliard dollarlik eng zamonaviy qurollarni, jumladan Black Hawk vertolyotlarini tashlab ketganini aytgandi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Qandahorda toliblarning oliy yetakchisi Haybatulla Oxundzoda qolmoqda. U yaqin kunlar ichida omma oldida paydo bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026