Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqda katta yoshli aholining 70 foizi koronavirusga qarshi emlandi
Avgust boshlarida fon der Lyayyen Yevroittifoqda katta yoshli aholining 60 foizi to‘liq emlanganini ma'lum qilgandi.
YeIdagi katta yoshli aholining 70 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma'lum qildi.
«YeIdagi 70 foiz katta yoshlilar to‘liq emlandi. Bu yutuqqa erishishga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorlik bildiraman», — deb yozdi u Twitter’da.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qolganlar ham emlanishi kerak.
«Bizga ko‘proq yevropaliklar emlanishi lozim. Shuningdek, dunyodagi qolgan odamlar ham emlanishi kerak», — deb yozdi u.
Avgust boshlarida fon der Lyayyen Yevroittifoqda katta yoshli aholining 60 foizi to‘liq emlanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026