Sport | 08:48 / 01.09.2021
8865
2 daqiqa o‘qiladi

Grizmann «Atletiko»ga qaytdi, de Yong «Barsa»ga o‘tdi

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann sobiq jamoasiga qaytdi. 

«Atletiko» 30 yoshli fransuzni 10 mln yevro evaziga bir mavsumga ijaraga oldi. Madrid klubida ijarani yana bir yilga uzaytirish yoki futbolchini 40 mln yevroga sotib olish huquqi ham bor.

Grizmann 2014-2019 yillar oralig‘ida «Atletiko»da o‘ynab, barcha turnirlar doirasida 257ta bahsda 133ta gol urgan. 2019 yil yozida esa 120 mln yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgandi. 

Hujumchi o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar safida La Ligada 36ta o‘yin o‘tkazib, 13ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.

Shuningdek, «Barsa» «Sevilya» hujumchisi Lyuk de Yongni bir mavsumga ijaraga oldi. «Ko‘k-anorranglilar»da niderlandiyalik 31 yoshli forvardni sotib olish huquqi ham bor. 

De Yong bu mavsumda La Ligada birorta o‘yin o‘tkazmadi, o‘tgan mavsumda esa 34ta bahsda 4ta gol urgan.

Mavzuga oid