Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Belarus bilan chegarada favqulodda holat rejimini kiritdi
Polsha prezidenti Anjyey Duda Belarus bilan chegarasida favqulodda holat rejimini kiritish haqidagi farmonni imzoladi.
“Rech Pospolita” nashrining ma'lum qilishicha, farmonga ko‘ra chegaraoldi aholi punktlarida ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Bu aholi punktlariga ularda yashamaydigan odamlar kirolmaydi, jumladan, bu taqiqlov jurnalistlarga ham tegishli bo‘ladi. Qoidabuzarlarga nisbatan jarima solinishi yoki ular hibsga olinishi mumkin.
Avvalroq Duda mudofaa, tashqi ishlar va ichki ishlar vazirlari bilan Belarus chegarasidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Polsha ichki ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, xar kuni 100-250 odam Belarusdan Polsha hududiga o‘tishga urinib kelmoqda. Shu sababli Polsha Belarus bilan chegarada 2,5 metr balandlikka ega devor qurishni boshlagan. Devor uzunligi 180 kmga yaqinni tashkil qiladi. Chegaraning bir nechta qismida esa tikanli sim tortilgan.
Uch haftadan ko‘proq vaqtdan beri Afg‘onistonning 30 ga yaqin fuqarosi Polsha va Belarus chegarasida qolmoqda. Qochqinlarda yegulik yo‘q, ulardan ba'zilari kasallikka uchragan. Inson huquqlari uchun kurashuvchi faollar chegarada qolib ketgan afg‘onlarga yordam berish uchun u yerga yo‘l olgan.
Rejim 30 kun davom etadi va uzaytirilishi mumkin. U 183 ta aholi punktini qamrab olgan. Rejim ommaviy tadbirlar o‘tkazishga taqiqlovni, politsiya navbatchiligi va hujjatlar nazorati kuchaytirilishi mumkinligini anglatadi. Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegaralarida ushlanayotgan noqonuniy migrantlar soni oshayotganini ma'lum qilgan. Noqonuniy migratsiya sababli Litva iyulda davlat darajasida ekstremal vaziyat e'lon qilgan hamda Belarus bilan chegarada devor o‘rnatishni boshlagan. Shuningdek, Latviya hukumati ham shu sababli 10 noyabrgacha favqulodda vaziyat rejimini kiritgan.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
22:20 / 09.05.2026