Kobuldagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelmoqda
Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistondagi iqtisodiy holat asosiy muammo bo‘lib turibdi.
«Tolibon» harakatiga odamlar oldidagi majburiyatlarini bajarish qiyin bo‘ladi. Mamlakatda mahsulotlar narxi oshib bormoqda, ayrimlari esa peshtaxtalardan butunlay g‘oyib bo‘ldi, dedi Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov.
«Narxlar ko‘tarilmoqda, ayrim mahsulotlar g‘oyib bo‘ldi. Bugun Kobulda shakar g‘oyib bo‘lganini aytishdi. Milliy valuta qadri tushib ketdi. Toliblarga ijtimoiy majburiyatlarni bajarish qiyin bo‘ladi, chunki pul kamaydi», — dedi diplomat.
Jirnovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistondagi iqtisodiy holat asosiy muammo bo‘lib turibdi. Uning aytishicha, Ashraf G‘ani hukumati davrida mamlakat budjetining to‘rtdan uch qismi «G‘arb donorligi» hisobiga shakllangan. Endilikda esa moliyaviy yordam to‘xtagan, Afg‘onistonning AQSh banklarida saqlanayotgan oltin-valuta zaxiralari muzlatilgan.
Elchi mamlakatga iqtisodiy bosim o‘tkazilishi Afg‘onistondan migrantlar oqimi oshishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi.
«Agar G‘arb Afg‘onistonga iqtisodiy zarba beradigan bo‘lsa, buning migratsion oqibatlari yanada yomon bo‘ladi», — dedi Jirnov.
Avvalroq Reuters agentligi xorijiy moliyaviy yordamning to‘xtatilishi, valuta hisoblarining muzlatilishi ortidan Afg‘onistonda naqd pul yetishmasligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari va yonilg‘i narxi kun sayin oshayotgani haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024