Qöşma Ştatlar AQŞda saqlanayotgan Afğoniston davlat zaxiralarini «Tolibon» harakatiga bermoqçi emas. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
«Afğon xalqiga sodiqligimizni saqlab qolgan holda «Tolibon» yetakçilariga nisbatan sanksiyalarni yengillaştirganimiz yoki ularning xalqaro moliya tizimidan foydalanişiga imkon berganimiz yöq», degan AQŞ moliya vazirligidagi manba.
Xorijiy moliyaviy yordamning töxtatilişi, valuta hisoblarining muzlatilişi ortidan Afğonistonda naqd pul yetişmasligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari va yonilği narxi kun sayin oşmoqda, deb yozadi agentlik.
Avvalroq Qöşma Ştatlar Afğoniston markaziy bankining AQŞda saqlanayotgan aktivlarini muzlatib qöygandi. Xalqaro valuta jamğarmasi ma'lumotlariga köra, aprel oxirida Afğoniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni taşkil etgan.
19 avgust kuni Xalqaro valuta jamğarmasi ham Afğonistonga moliyaviy yordam beriş töxtatilganini ma'lum qildi.

















