Yaponiya bosh vaziri iste'foga chiqadi. Sabablardan biri - Tokio Olimpiadasi
Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga partiya rahbarligiga qayta saylanish uchun kurashmasligini ma'lum qildi. Bu esa o‘z-o‘zidan uning bosh vazirlik muddati tugashini anglatadi.

Foto: David Mareuil / Pool / Getty Images
Suga bir yil muqaddam bosh vazir bo‘lgandi - o‘shanda avvalgi bosh vazir Sindzo Abe sog‘ligidagi muammo tufayli iste'foga chiqqandi.
Hukumatdagi Liberal-demokratik partiya rahbarligi uchun saylovlar 29 sentyabrga belgilangan, unda g‘olib bo‘lgan siyosatchi bosh vazirlik kreslosini egallaydi.
«Kutilgan qaror»
Suganing qarori hech kim uchun ajablanarli bo‘lmadi. Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari boshlanishidan oldinroq ko‘plab ekspertlar voqealar rivoji aynan shunday tus olishini prognoz qilishgandi.
Mamlakatdagi og‘ir epidemiologik vaziyatga qaramasdan va ko‘pchilik yaponlarning irodasiga qarshi borgan holda uning hukumati O‘yinlarni baribir o‘tkazish borasida qaror qabul qilishi partiyaga va uning shaxsan o‘zining reytingiga jiddiy zarba berdi.
Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida Liberal-demokratik partiya ko‘plab prefekturalarda mag‘lubiyatga uchrashi taxmin qilinmoqda. Umummilliy saylovlar esa yil oxirida bo‘lib o‘tadi.
Ayni vaqtda Yaponiya Covid-19 bilan bog‘liq og‘ir vaziyatni boshdan kechirmoqda. Aholini vaksinalash jarayoni esa sekin sur'atlarda kechmoqda.
Mamlakatda favqulodda holat rejimi amalda.
LDP bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, partiyadagilar bosh vazirning qaroridan qattiq xafa bo‘lishgan, shu bilan birga ular bu qaror chuqur tahlillardan keyin qabul qilinganiga amin.
Bosh vazir lavozimidagi qolgan muddatni Yosixide Suga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bag‘ishlamoqchi.
Uzoq davom etgan faoliyat
Ayni vaqtda 72 yoshda bo‘lgan Suga - yapon siyosatidagi eng keksa kishilardan biridir. U qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullangan fermerlar oilasida tug‘ilgan.
O‘z faoliyatini 1987 yilda Yokogama shahar kengashida amaldor sifatida boshlagan. 1996 yilda ilk marta parlament a'zosi bo‘lgan, 2005 yilda Jamoatchilik bilan aloqalar vaziri o‘rinbosarligiga tayinlangan, 2007 yilda esa Sindzo Abe unga birato‘la Vazirlar Mahkamasidan uch lavozim bergan.
Bozor yangi, nisbatan kuchliroq hukumat kelishiga reaksiya berdi. Yaponiya aksiyalari keskin ko‘tarildi, mamlakatdagi asosiy fond indekslaridan biri Topix payshanba kuni plyus 1,6 foiz bilan yopildi - bu so‘nggi 30 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Tavsiya etamiz
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda
Jahon | 19:29
-
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
Jamiyat | 18:38
-
Putin KXDR harbiylari Kursk janglarida qatnashgani uchun Kim Chen Inga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 18:28
-
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
O‘zbekiston | 18:22
Mavzuga oid

18:53 / 29.09.2021
Yaponiyaning navbatdagi bosh vaziri kim bo‘lishi oydinlashdi

17:26 / 13.08.2021
Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va barcha ishtirokchilarga ham pul mukofoti beriladi

16:22 / 13.08.2021
Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganini aytdi

12:32 / 12.08.2021