Kisida pandemiyaga qarşi kuraşdagi muvaffaqiyatsiz qarorlar tufayli partiya reytingi keskin tuşib ketişi ortidan lavozimga kelganiga bir yil tölmasidan iste’foga çiqişga qaror qilgan Yosixide Suganing örnini egallaydi.
Yangi boş vazir oldidagi birinçi vazifa - Yaponiyada noyabr oyi oxirlarida bölib ötadigan umummilliy saylovlarda partiyani ğalaba sari yetaklab boriş böladi. Aholining norozilik namoyişlariga qaramay Tokio Olimpiya öyinlari ötkazilişi böyiça qaror qabul qilinişi tufayli partiya obrösi tuşib ketgandi.
Ötgan yili Kisida partiyaning içki ovoz beriş jarayonida yetakçilik uçun kuraşni Sugaga boy bergandi. Ammo Suganing iste’fosidan keyin Kisida sobiq taşqi işlar vaziri (2017-2019) va sobiq mudofaa vaziri (2019-2020) bölgan, köplar tomonidan partiya yetakçiligi uçun asosiy nomzod sifatida qaralgan Taro Kononi ortda qoldirdi.
Kisida saylovlarning ikkinçi bosqiçida 427 tadan 257 ta ovoz töpladi, Taro Kono 170ta ovoz oldi. Sanae Takaiçi va Seiko Noda saylovning birinçi bosqiçida yetarli ovoz töplay olmagani sababli keyingi bosqiçga ötolmagandi.
LDP parlamentda köpçilikni taşkil etişi tufayli, endi u boş vazir kreslosini egallaşi tayin. Hukumatni kim boşqarişi böyiça qaror parlamentning 4 oktyabr kuni ötkaziladigan sessiyasida qabul qilinadi.
Yaponiyada yangi boş vazir saylandi. Yosixide Suga kim va undan nima kutiş mumkin?
Tahlil: Yaponiyaning 100-boş vaziri
Mariko Oi, BBC News, Yaponiya
Boş vazirlik lavozimi uçun poygada favorit tvitterda 2,5 millionga yaqin folloverlarga ega, muqaddam taşqi işlar va mudofaa vaziri lavozimlarida işlagan, ayni vaqtda Okinav va şimoliy hududlar işlari vaziri bölgan Taro Kono bölib turgandi.
Ammo partiya boşqa bir sobiq taşqi işlar vaziri Fumio Kisidani tanladi. U 4 oktabr kuni ötkaziladigan parlamentning navbatdan taşqari sessiyasida mamlakatning 100-boş vaziri etib saylanadi.
Boşqa nomzodlar qatori Kisida siyosatçilar oilasiga mansub.
U mö’tadil-liberal siyosatçi sifatida tanilgan, şuning uçun u konservativ qaraşlardagi hukmron partiyani biroz söllaştirişi kutilmoqda.











