Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 sentyabr kuni O‘zbekistonda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi
6 sentyabrda kunduz kuni O‘zbekistonda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja issiqni tashkil etadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.