O‘zbekiston | 10:36 / 07.09.2021
11872
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar iyul oyidan buyon ilk marta 600dan kamaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 597 kishida koronavirus, 81 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 7 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 6 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 161108 (+597) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 18 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 9 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 61 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 9 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 55 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 29 nafari Xorazm viloyatida,
  • 94 nafari Toshkent viloyatida,
  • 210 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda 19 iyuldan beri ilk marta kunlik holatlar soni 600dan kam bo‘ldi, 50 kun oldin 585ta yangi holat ro‘yxatga olingandi. Bungacha qatorasiga to‘rt kun davomida kunlik holatlar soni 600-700 oralig‘ida bo‘lgan, bir kun oldin 640 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 37 nafar,
  • Buxoro viloyatida 27 nafar,
  • Jizzax viloyatida 27 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 11 nafar,
  • Namangan viloyatida 37 nafar, 
  • Sirdaryo viloyatida 83 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 16 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 60 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 28 nafar,
  • Toshkent viloyatida 115 nafar,
  • Toshkent shahrida 198 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 152938 (+654) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 5 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1125 nafarni tashkil qilmoqda.

5 sentabr kuni 81 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 24683taga yetdi. So‘nggi bir kunda ularning 268 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 18019 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 192 nafarga yetdi.

Mavzuga oid