Jahon | 22:12 / 08.09.2021
12340
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonning yangi hukumati inauguratsiyasi 11 sentyabrda bo‘lib o‘tadi – OAV

Foto: EPA

Afg‘onistonning toliblar tomonidan shakllantirilgan yangi hukumati inauguratsiyasi marosimi 11 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Tolibon”dagi manbaga tayanib RIA “Novosti” xabar berdi.

Avvalroq toliblar Afg‘onistonning o‘tish hukumati tarkibini e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, Afg‘oniston bosh vaziri etib Muhammad Hasan Oxund tayinlandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hukumatning inauguratsiyasi marosimida qatnashish uchun Turkiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qatar va Rossiya vakillari taklif etilgan.

Ta'kidlanishicha, yangi hukumatda bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan Mulla Abdulg‘ani Birodar 8 sentyabrda Qatarga yo‘l olgan va u yerdan yana boshqa davlatlarga inauguratsiya marosimiga taklifnoma jo‘natadi.

E'tiborlisi, Afg‘onistonning yangi hukumati inauguratsiyasi AQShda 2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan teraktlarning 20 yilligi kuni o‘tkaziladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid