Jahon | 15:33 / 08.09.2021
6638
1 daqiqa o‘qiladi

Polshadagi qurol zavodida portlash yuz berdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida bir nafar ayol halok bo‘lgan.

Foto: Sputnik

Polshaning Skarjisko-Kamennaya shahrida joylashgan Mesko qurol zavodida portlash yuz berdi. Bu haqda Polsat telekanali xabar berdi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida bir nafar ayol halok bo‘lgan.

RMF FM radiostansiyasining xabar berishicha, ayol buyurtmachilarga jo‘natiladigan portlovchi moddalarni joylayotgan vaqtida ular portlab ketgan.

Mesko Polsha armiyasi uchun o‘q-dorilar va raketalar ishlab chiqaradi. Zavod mahsulotlari Shimoliy va Janubiy Amerika, Skandinaviya, Osiyo va Afrikaga ham eksport qilinadi. Zavodda Grom va Piorun zenit-raketa majmualari tayyorlanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid