Sport | 14:43 / 08.09.2021
14343
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Holifild ishtirokidagi boks jangida sharhlovchilik qiladi

Jangni Tramp bilan birgalikda uning o‘g‘li kichik Donald Tramp ham sharhlaydi.

Foto: Getty Images

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 11 sentyabr kuni amerikalik Evander Holifild va braziliyalik Vitor Belfort o‘rtasida o‘tkaziladigan boks jangida sharhlovchilik qiladi.

Xabar qilinishicha, ushbu jangni Tramp bilan birgalikda uning o‘g‘li kichik Donald Tramp ham sharhlaydi.

Boks kechasi Hollivud shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Amerika OAVning yozishicha, Tramp ilgari boksga katta qiziqish bildirgan va 1980-1990-yillarda boks janglarini tashkil etishda qatnashgan.

 

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid