Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlari uchun 175 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida qarzdor ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 175 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 2020 yil 12 avgustdagi qaroriga asosan qarzdor A.E.dan undiruvchi R.U.ga ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadning uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Qayd etilishicha, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Ulardan olingan ma'lumotlarga asosan qarzdor otaning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash muhimligini inobatga olgan holda MIB xodimlari qarzdor A.E. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlarining ta'minotini o‘ylab, ular voyaga yetgunigacha hisoblab, 175 million 75 ming so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026