Samarqand viloyati Past Darğom tumanida qarzdor ota ikki nafar farzandi uçun 103 million söm aliment tölab bergan. Bu haqda MIB viloyat boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Iştixon tumanlararo sudining 2014 yil 11 sentyabrdagi qaroriga asosan qarzdor M.S.dan undiruvçi N.R.ga ikki nafar farzandi moddiy ta'minoti uçun daromadining uçdan bir qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan. Sud qaroriga asosan ijro hujjati MIB Past Darğom tuman bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan.
Uşbu ijro hujjati yuzasidan qarzdor ança vaqtdan buyon aliment pullarini tölamasdan kelgani sababli aliment qarzi 103 million 892 ming sömni taşkil qilgan.
Qayd etilişiça, qarzdorning mol-mulklarini aniqlaş maqsadida «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegişli taşkilotlarga sörovnomalar yuborilgan. Ulardan olingan ma'lumotlarga asosan qarzdor otaning barça mol-mulklariga taqiq qöyilgan.
Muqim daromadi bölmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor M.S. bilan suhbat ötkazgan. Unga farzandlarini moddiy qöllab-quvvatlaş har bir otaning burçi ekani tuşuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan öziga töğri xulosa çiqargan qarzdor ota farzandlari ta'minotini öylab, 103 million 892 ming söm aliment pullarini tölab bergan.
Samarqandda qarzdor ota farzandlari uçun 83 million söm aliment töladi
Samarqandda qarzdor ota farzandi uçun 106 mln söm aliment töladi












