Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Osmakovning so‘zlariga ko‘ra, ichki bozor uchun mahalliy vaksinalarning o‘zi yetarli.
Rossiyaning "R-Farm" farmatsevtika kompaniyasi Oksford universiteti litsenziyasi bo‘yicha AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Osmakov ma'lum qildi.
"Rossiyada xorij vaksinalari ishlab chiqarilmoqda, "R-Farm" eksport uchun AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarmoqda", - dedi Osmakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ichki bozor uchun mahalliy vaksinalarning o‘zi yetarli.
"R-Farm" direktori Vasiliy Ignatev may oyida kompaniya iyunda Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarishni boshlashini aytgandi.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026