O‘zbekiston | 09:53 / 18.09.2021
6520
1 daqiqa o‘qiladi

Akademik litseylar imtihon natijalari 22 sentyabrda e'lon qilinadi 

Akademik litseylarning imtihon natijalari 22 sentyabrda e'lon qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

“2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga.

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) 2021 yil 22 sentyabr kuni vazirlikning litsey.edu.uz va oliy ta'lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali e'lon qilinadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum tashkil etilishi ma'lum qilingandi.

2021/2022 o‘quv yilidan oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum tashkil etiladi, turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213ta texnikum biriktiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid