Adliya vazirligi xabariga köra, 2021/2022 öquv yilidan: 

  • oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum taşkil etiladi; 
  • turdoş OTM hamda asosiy yönalişlari böyiça tarmoq taşkilotlariga 213ta texnikum biriktiriladi;
  • Toşkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat körsatiş va servis texnikumi tugatilib, uning barça mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga ötkaziladi;
  • texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, öquv reja va dasturlar, öquv-me'yoriy hujjatlar tayanç OTM tomonidan işlab çiqiladi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
  • OTMlar özlariga biriktirilgan texnikumlarni öquv-metodik hujjatlar bilan ta'minlaydi.

2022/2023 öquv yilidan quyidagilarni amalga oşiriş nazarda tutilgan:

  • texnikumlarga qabul parametrlarini şakllantirişda  quriliş, transport, qişloq xöjaligi, yengil sanoat, xizmat körsatiş va axborot texnologiyalari kabi sohalarda örta böğin kadrlarini tayyorlaşning davlat buyurtmasini bosqiçma-bosqiç köpaytiriş;
  • OTMga öqişga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvçilarini texnikumlar va kollejlarda birinçi kasb yoki mutaxassisliklar böyiça bepul öqitiş.