Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyida 2 dona «Lacetti-Gentra» ishlab chiqarildi
O‘zbekistonda avgust oyida 2 dona “Gentra” ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotida aytiladi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning avgust oyida 3 690 dona “Damas” ishlab chiqarilgan.
2021 yilning avgust oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha:
- “Damas” - 3 690 dona;
- “Cobalt” - 350 dona;
- “Lacetti-Gentra” - 2 dona;
- “Labo” - 1 315 dona;
- “Nexia T-250” - 177 dona.
Avvalroq, O‘zbekistonda avtomobil sotib olish ko‘rsatkichi pandemiya davriga nisbatan sezilarli pasaygani aytilgandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, avgust oyida respublikada avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar soni sezilarli darajada oshib iyul oyiga nisbatan o‘sish 21,4 foizni tashkil etdi.
Biroq ichki bozorda bo‘lgan talab miqdori 2020 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda 8,6 foizga kamaydi. Buning sababi o‘tgan yilning iyul oyida joriy qilingan lokdaundan keyin avgust-dekabr oylarida kechiktirilgan talab qondirilishi bilan izohlanadi.
Mavzuga oid
14:41 / 21.01.2026
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari bor uy xo‘jaliklari ulushi oshdi
13:16 / 21.01.2026
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
14:22 / 20.01.2026
Statistika qo‘mitasi: pul o‘tkazish xizmatlari 8,7 foizga oshgan
12:10 / 20.01.2026