Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga köra, avgust oyida respublikada avtomobillar oldi-sotdisi böyiça bitimlar soni sezilarli darajada oşib iyul oyiga nisbatan ösiş 21,4 foizni taşkil etdi.

Biroq içki bozorda bölgan talab miqdori 2020 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda 8,6 foizga kamaydi. Buning sababi ötgan yilning iyul oyida joriy qilingan lokdaundan keyin avgust-dekabr oylarida keçiktirilgan talab qondirilişi bilan izohlanadi.

Mikroçiplarning global taqçilligi içki bozorga bosim ötkazdi

Joriy yilning avgust oyida sezilarli ösişga qaramay, avtomobil bozorida savdo hajmi karantindan oldingi darajasiga yetmadi. Şunday qilib, avtomobil savdosi 2019 yil avgust oyiga nisbatan 5,1 foizga biroz kamaydi.

Avvalo, koronavirus pandemiyasi oqibatida mikroçiplarning global taqçilligi içki avtomobil bozoridagi faollikka bosim ötkazişda davom etmoqda, bu esa yetkazib beriş muddatini oşirmoqda.

Joriy yilning avgust oyida yangi avtomobillar savdosi (12,1 ming) ötgan iyul oyiga (18,5 ming) nisbatan 34,9 foizga kamaygan bölsa, avgust oyida ikkilamçi bozorda avtomobillar savdosi (45,3 ming) 57,6 foizga köpaydi.

Ekspertlar yangi avtomobillar savdosining kamayişini joriy yil 15 iyulidan 21 avgustigaça bölgan davrda UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Onix va Tracker modellarini özlaştiriş doirasida işlab çiqariş imkonini beradigan örnatiş va işga tuşiriş işlari amalga oşirilişi sababli işlab çiqarişning vaqtinçalik töxtatilgani bilan izohlaşmoqda.

2021 yilning avgust oyida 10,6 ming dona yangi yengil avtomobillar davlat röyxatidan ötkazildi (iyul oyiga nisbatan kamayiş 38,5 foiz). Şundan, 1021 tasi (10,7 foiz) çet elda işlab çiqarilgan avtomobillar hisoblanadi.

Umuman, yanvar-avgust oylarida respublika böyiça 122,4 ming dona yangi yengil avtomobillar, şundan 6,2 ming dona çet elda işlab çiqarilgan avtomobillar sotildi.

Biroq markaz tahlillari iyun oyida avtomobillar savdosining ösişi 2020 yilning iyun oyiga nisbatan 12,9 foizni, 2019 yilning şu paytiga qaraganda 29,6 foizni taşkil etganini körsatgandi