Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada gaz narxi yuqoriligi sababli o‘nlab kompaniyalar yopilishi mumkin
Britaniyada oxirgi 1,5 oy ichida gaz narxi yuqoriligi sababli 5 ta energetik kompaniya yopildi, yana 4 tasi yaqin orada bankrotga uchraganini e'lon qilishi mumkin.
Gaz narxi yil boshidan beri 3,5 marta, sentyabrda esa avgust oyiga nisbatan 70 foizga oshgan. Shu sababli kichikroq energetik kompaniyalar o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortmoqda.
Tahlilchilarning ma'lum qilishicha, 2021 yil boshida Britaniyada 70 ta energetik kompaniya ishlagan bo‘lsa, yil oxirigacha ularning soni 10 tagacha qisqarishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, ushbu vaziyat hukumat vakillari aralashuvini talab qilgan. Jumladan, Britaniya energetika vaziri Kvasi Kvarteng yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan kompaniyalar hamda Gaz va elektr energiya bozorlari boshqarmasi (Ofgem) bilan 20 ga yaqin uchrashuv o‘tkazgan.
Avvalroq Yevropada gaz narxi oshishi bilan bog‘langan energetik inqiroz AQShning o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi CF Industries’ni Britaniyadagi ikkita zavodini yopishga majbur qilgan. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishiga olib kelishi mumkin, chunki fermerlar sarf-xarajatlari ko‘payadi. Bloomberg axborot agentligining ta'kidlashicha, gaz va elektr energiya narxining rekord darajada oshishi iqtisodiyot tiklanishini sekinlashtiradi va inflatsiya kuchayishiga olib keladi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026