Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qoldi
Toshkent metropolitenida poyezd to‘xtab qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat tasvirlangan video tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” UK hodisa bo‘yicha izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 20 sentabr soat 09:10da “G‘afur G‘ulom” bekatidan “Chorsu” bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41-yo‘nalishdagi harakat tarkibi havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.
Harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatda tushirilgan va ortda harakatlangan 43-yo‘nalishdagi harakat tarkibi yordam sifatida kelib, nosoz harakat tarkibini texnik ko‘rik punktiga olib ketgan.
Ma'lum qilinishicha, texnik nosozlik soat 09:25da bartaraf etilgan.
“Toshkent metropoliteni” keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
22:03 / 16.07.2026
Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov qo‘yiladi
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
11:55 / 04.06.2026