O‘zbekiston | 08:02 / 21.09.2021
3228
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 86-o‘rinni egalladi

Joriy yil 20 sentabr kuni AQShning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini e'lon qildi.  

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. Bundan avval mamlakat reytingda 2020 yil 93-o‘rin va 2015 yilda 122 o‘rinlarni egallagan edi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonning dunyo miqyosida kuchli indikatorlari quyidagilar: “Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni” - 7-o‘rin, “Biznesni yo‘lga qo‘yishning soddaligi” - 8-o‘rin, “Mehnat unumdorligi” - 8-o‘rin, “Kapitalni yalpi tarzda to‘plash” - 7-o‘rin, “Ta'lim uchun davlat xarajatlari” - 28-o‘rin.

Global innovatsion indeks reytingida Shveytsariya 1-o‘rin, Xitoy 12-o‘rin Rossiya 45-o‘rin, Qozog‘iston 79-o‘rin, Qirg‘iziston 98-o‘rin, Tojikiston 103-o‘rinni egalladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid