O‘zbekiston | 11:38 / 24.09.2021
35872
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo sezilarli darajada salqinlashadi - «O‘zgidromet»

Bugun va ertaga O‘zbekistonda quyoshli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Termometr ustuni kunduz kunlari 32-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlar me'yoridan 4-6 darajaga yuqoridir.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalari kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17 daraja iliqni, kunduz kuni 35-37 daraja issiqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni respublika shimoliy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12 daraja iliqqacha, kunduz kuni 20-25 daraja issiqqacha pasayadi.

Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha harorat foni keskin pasayadi va hafta birinchi yarmida kunduz kungi havo harorati 23-27 daraja issiq, kechasi 12-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

26-27 sentyabr kunlari salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko‘payadi va ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati yanada pasayishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid