Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi beriladi
Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomi beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Barchamizga yaxshi ma'lumki, qadimdan ilm-fan markazi sifatida shuhrat qozongan Samarqand bugungi kunda ham o‘zining nufuzli oliygohlari bilan mashhur.
Ayniqsa, Samarqand davlat universiteti, Samarqand tibbiyot instituti ular orasida alohida o‘rin tutadi. Bu oliygohlarning mamlakatimiz ta'lim tizimidagi o‘rni va salohiyatini yanada oshirish maqsadida sizlar bilan o‘z takliflarimni o‘rtoqlashmoqchiman.
Samarqand davlat universitetiga ushbu qutlug‘ maskanda tahsil olgan, shu yerda ishlagan, respublikamizda ilm-fan, ta'lim, madaniyat, adabiyot va san'at rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov nomini bersak, nima deysizlar?
Shuningdek, Samarqand tibbiyot institutiga universitet maqomini berish haqida alohida qaror qabul qilsak, o‘ylaymanki, ushbu yirik oliygohning mavjud salohiyati va kelgusi rivoji uchun yanada puxta zamin yaratgan bo‘lamiz. Faqat nom bilan cheklanmaslik kerak, katta-katta korpuslar, yotoqxonalar qurishimiz kerak. Universitetga yangi sharoitlar yaratishimiz zarur. Nom bilan emas, maqom bilan nufuzini oshiramiz. Bu tibbiyot universiteti menga juda yaqin. Har bir tumanda bu universitetning kafedralarini ochamiz va haqiqiy xalq universitetlariga aylantiramiz. Men joriy qilayotgan birlamchi tibbiyotga haqiqiy namunaga aylanadi. Bu universitet tibbiyot sifati bo‘yicha xalqqa manfaat keltirsin.
Bo‘lg‘usi universitetning rahbariyati, professor-domlalari o‘zlarining bilim va tajribasini to‘la safarbar etib, viloyatning barcha tuman, shahar va qishloqlarida aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shadilar, deb ishonch bildiraman”, dedi amaldagi prezident.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026