Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlar o‘qimaydi, bizning katta muammomiz shu – Shavkat Mirziyoyev
Andijonda saylovchilar bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev quyi bo‘g‘inning ish tizimini tanqid qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Men tuman hokimlaridan so‘rayman: qishloq xo‘jaligi bilan necha foiz shug‘ullanyapsan? 10 foiz, deb javob berishadi. Qolgan 90 foiz nima bilan shug‘ullanyapsan, degan savolga javob yo‘q. Bizda quyi bo‘g‘inda muammolar boshlanadi. Hokimlar o‘qimaydi, bilasizlarmi, bizning eng katta muammomiz shu.
Men tashkil qilayotgan yangi tizimda hamma masala mahallada hal qilinadi. Hokimiyatlardagi byurokratiya yo‘qoladi. Endi mahalliy budjet mahallada bo‘ladi. Bundan 5 yil avval viloyatda, tumanlarda mahalliy budjet bo‘ladi, deyilganda hech kim ishonmagandi. Mana, bo‘ldi-ku, qilsa bo‘lar ekan-ku. Hozir birgina Samarqand viloyatida 570 mlrd so‘m mahalliy budjet shakllangan. Hokimning qo‘lida puli bo‘lsa, qo‘li uzun bo‘ladi, yo‘l quradi, maktab, shifoxona barpo qiladi, kam ta'minlanganga yordam beradi.
Tuman investitsiya sohasi rahbarlari tadbirkorlar olib borgan loyihalarni Toshkentga olib borib taqdim qiladi. Noto‘g‘ri bu. Bir vaqtlar bu o‘zini oqlagan bo‘lishi mumkin, lekin bunday ishlash endi bo‘lmaydi.
Shuning uchun, tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qoshida istiqbolli loyihalarni ishlab chiquvchi “Loyiha guruhi” va kichik geologiya ekspeditsiyasi tashkil qilinadi.
Tahlillar natijalaridan kelib chiqib, “Loyiha guruhi” tomonidan loyihalar tayyorlanadi hamda ushbu tumanning tadbirkorlari ishtirokida tashkil qilinadigan “Holding kompaniyasi” tomonidan amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Bunda, To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mazkur loyihalarning 30 foizigacha qismini moliyalashtiradi. Mana tadbirkorlar uchun qancha imkoniyat", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026