Jahon | 22:25 / 30.09.2021
3984
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya o‘zining birinchi raketa tashuvchisini uchiradi

Foto: iStock

Janubiy Koreya o‘zining birinchi raketa tashuvchisini uchiradi. “Nurixo” deb nomlangan raketani Cholla-Namdo provinsiyasidagi Naro kosmodromidan uchirish rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda raketa uchish maydonchasiga o‘rnatilgan va uning barcha tizimlari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, raketa parvozi 22 oktyabrdan 28 oktyabrgacha oraliqda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

“Nurixo” 200 tonna og‘irlikka ega bo‘lib, 1-pog‘onasida 4 ta 75 tonnalik, 2-pog‘onasida bitta 75 tonnalik va 3-pog‘onasida bitta 7 tonnalik digatel o‘rnatilgan. 

Raketani 600-800 km balandlikka 1,5 tonnalik foydali yuk maketi bilan uchirish rejalashtirilmoqda. Agar parvoz muvaffaqiyatli o‘tsa, 2022 yil mayida raketa orbitaga 200 kilogrammlik sun'iy yo‘ldoshni olib chiqadi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya o‘z kuchlari bilan 1 tonnadan ortiqroq sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqa olgan dunyodagi 7-davlatga aylanadi. 

“Nurixo”ning ishlab chiqilishiga 2 trln von (1,8 mlrd dollar) ajratilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid