Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy bank 10 milliard rubllik obligatsiyalar joylashtiradi
«Sovkombank» OAJ, «Gazprombank» AJ, «Rosselxozbank» AJ va «Aziya-Invest Bank» AJ O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Milliy bank) tomonidan Rossiya rublidagi obligatsiyalarning birinchi emissiyasi tashkilotchilari sifatida ishtirok etadi.
Tegishli bitim 29-30 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar natijalari va istiqbollari» forumi doirasida banklar tomonidan imzolandi, deb xabar berdi «Sovkombank».
«Biz Milliy bankka obligatsiya zayomlari tashkil etish borasida o‘z tajribamiz va to‘plangan ekspertizamizni taklif qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, O‘zbekiston bankining Rossiya bozoridagi debyuti muhim voqea bo‘ladi va respublika moliya sektori, umuman, iqtisodiyotining faol rivojlanishi yana bir daliliga aylanadi», dedi «Sovkombank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari, korporativ investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i Mixail Avtuxov.
Mavzuga oid
10:07 / 04.05.2026
Chet el valutasida obligatsiya chiqarishga ruxsat berildi
09:13 / 26.03.2026
Rossiyadan naqd rubl olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etildi
14:40 / 04.02.2026
“Interfaks”: Rossiyadan naqd rubl va oltin olib chiqishga cheklov qo‘yiladi
07:40 / 27.08.2025